"Oq-tepa": Qoidalar bo'yicha seminar o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015
Bugun FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev "Oq-tepa" a'zolari uchun o'yin qoidalari bo'yicha seminar o'tkazdi.
Farhod Alisherovich bir soatdan oshiqroq davom etgan seminarda uchrashuvlar vaqtida sodir bo'ladigan o'ndan oshiq vaziyatlarni videoroliklar orqali tahlil qilib berdi. Qolaversa, futbolchi va murabbiylarning savollariga javob qaytardi. Qisqasi, seminar "Oq-tepa" jamoasi a'zolari uchun anchagina foydali bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz