
“Lokomotiv”ga qarshi o'yin “temiryo'lchilar”ning g'alabasi bilan yakunlandi. Tajriba bobida ustun bo'lgan mehmonlar har bir bo'limda ikkitadan gol urishdi. Bellashuv yakunlanishi arafasida vakillarimiz mehmonlar darvozasini bir bor ishg'ol qilib, hisobni bittaga qisqartirishdi. Jamoamiz navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 14 yanvar kuni “Qizilqum”ga qarshi o'tkazadi.
Nazorat uchrashuvi
“OQ-TEPA” – “LOKOMOTIV” - 1:4 (0:2)
4 yanvar. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
“Oq-tepa”: Islom Yoqubov, Nodir Teshaboev (Abdumavlon Tursunov; Farrux Yo'ldoshev), Akbar Sattaev, Mahsud Hayitov (Jaloliddin Saidov), Marat Qudratov (Sharof Hayitboev), Suhrob Sarimsoqov (Zokir Mirzaahmedov), Zafar Qoraqulov (Ildar Magdeev), Muhammadjon Rasulov (Sobir Usmonxo'jaev), Maruf Ahmadjonov (Jasur Saidov), Sardor Ahmadaliev (Shohruh Pirnazarov), Sardor Soibov (Vladislav Pavlovskiy).
Gollar: Aleksandr Geynrix, 4 – 0:1. Aleksandr Geynrix, 15 – 0:2. Sanjar Shoahmedov, 50 – 0:3. Doniyor Usmonov, 65 – 0:4. Vladislav Pavlovskiy, 78 – 1:4.