"Oq-tepa". "Hokim Kubogi - 2016"dagi "yurish" davom etadi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2016, 22:02
Toshkent shahar "Hokim Kubogi - 2016"da ishtirok etayotgan "Oq-tepa" bugun navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Musobaqaning chorak finalida "Metallurg-2"ni qabul qilgan jamoamiz mehmonlar darvozasini uch bor ishg'ol qilishdi. Javohir Omonov va Jahongir Ismoilov tomonidan urilgan gollarga mehmonlar bir bor javob qaytarishdi.  Shu tariqa "Oq-tepa" "Hokim Kubogi - 2016"ning yarim finaliga yo'l oldi. 


"HOKIM KUBOGI - 2016"

OQ-TEPA - METALLURG-2 - 3:1

8 dekabr. "Oq-tepa" stadioni.

Bosh hakam: SH.Nasibullaev.

Qanot hakamlari: A.Lupashko, SH.Maqsudov.

"Oq-tepa": Abdulloh Anormatov, Sarvar Abdurahmonov, Sharifjon Umarov, Hojiakbar Hojimurodov, Ilyosjon Burliev, Aziz Azimjonov, Islom Fayzullaev, Mirjalol Mirzahamdamov, Javohir Omonov, Mirzoir Mirqosimov, Jahongir Ismoilov.

Zaxiradagilar: Salim Karimov, Murodjon Toshpo'latov, Miron Bogomolov.

Gollar: Javohir Omonov (2ta), Jahongir Ismoilov.


"Oq-tepa" FK matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia