Oq-tepa: Bugun ikkinchi bosqichga tayyorgarlik boshlanadi

Aziz Tukhtamuradov
20 iyul 2014, 17:18
O'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'yayotgan jamoa bugundan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi.

Rejaga ko'ra, bugun tushdan so'ng futbolchilar jamoa bazasida jam bo'lishadi. Kechki payt esa, ikki tomonlama o'yin o'tkazilishi rejalashtirilgan. “Oq-tepa”ni tanaffus vaqtida bir nechta futbolchi tark etishga ulgurdi. Ularning o'rni yangilar bilan to'ldirilishi ko'zda tutilgan. Bu haqida ertaga rasman ma'lumot beramiz.

Aytish kerak, “Oq-tepa” 22 iyul kuni “Andijon”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. 23 iyul kuni ertalab tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishiladi. Yani, jamoamiz poytaxt viloyatining tog'li hududiga yo'l oladi va u yerda besh kunlik yig'in o'tkazadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: oq-tepa.uz