Operaciya qilingan Aliboev: "Bu so'nggisi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
13 sen 2022, 17:40
"Paxtakor" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev bugun Germaniyada operaciya qilindi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, jarohatini davolash uchun Yevropaga uchib ketgan Aliboev bugun muvaffaqiyatli operaciya qilindi. "Sherlar" yarim himoyachisi operaciyadan so'ng "Tvitter" tarmog'ida quyidagi so'zlarni yozib qoldirdi:
"Bu oxirgisi deb umid qilaman. jarohat meni yanada kuchli, aqlli va qatiyatliroq qiladi. Yorug' kunlar yaqin deb o'ylayman".


Saytimiz jamoasi futbolchi tezroq sog'ayib, safga qaytishini tilaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia