"Oltin to'p" topshirish marosimiga "Real"dan kimlar borishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
3 dek 2018, 19:42
Bugun tunda Parijda bo'ladigan "Oltin to'p" topshirish marosimiga "Real"dan kimlar borishi ma'lum bo'ldi.

AS xabariga ko'ra, Fransiya poytaxtiga klub prezidenti Florentino Peres, jamoa sardori Serxio Ramos o'z oilasi bilan, yarim himoyachi Luka Modrich va jamoa elchilari Raul va Roberto Karloslar yetib borishgan.

Qayd etish kerak, Tibo Kurtua, Rafael Varan, Marselo, Isko, Garet Beyl va Karim Benzema kabi futbolchilar Fransiyada emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports