"Oltin to'p" so'rovnomasini nega o'chirib tashlashdi?

Aslanov Jasurbek
12 okt 2018, 18:24
Bir necha kun oldin France Football nashri rasmiy saytidagi "Oltin to'p" so'rovnomasi o'chirib yuborilgan edi.

France Football saytidagi "Oltin to'p" so'rovnomasi o'chib ketdi

Ushbu so'rovnomada Messi 48% ovoz to'plab, oldinda ketayotgan edi.

Fransiya nashri bu borada rasmiy bayonot berdi.

"Hurmatli o'quvchilar, kecha saytimizdagi "Oltin to'p" so'rovnomasi o'chirib tashlandi. Zararli programma orqali minglab ovozlar berilgani va natijalar sohtalashtirilgani aniqlandi.

Eslatib o'tamiz, bu so'rovnoma "Oltin to'p" egasini aniqlashda foyda bermaydi. Erkin jurnalistlar yil futbolchisini aniqlashadi. G'olib 3 dekabr kuni e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net