"Oltin to'p" sohibi vafot etdi

Mirjalol Normatov
9 iyul 2023, 15:11
Afsonaviy ispaniyalik futbolchi Luis Suares Miramontes vafot etdi.

Miramontes bugun 88 yoshida olamdan o'tdi. U futbolchilik faoliyati davomida "Deportivo", "Espanya Indastrial", "Barselona", "Inter" va "Sampdoriya" kabi jamoalar tarkibida o'ynagan.

"Barselona" bilan birgalikda Luis ikki martadan Ispaniya chempionligi va kubogini qo'lga kiritgan. "Inter" tarkibida esa uch marta Yarmarka kubogida g'olib bo'lgan, shuningdek, ikki mratadan Yevropa chempionlari kubogi va qitalararo kubokka ega chiqqan. Ispaniya termasi bilan birgalikda 1964 yilda Yevropa chempioni bo'lgan.

1960 yili u Ferenc Pushkash hamda Uve Zeelerni ortda qoldirgan holda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan va shu orqali "Barselona" tarixidagi ilk "Oltin to'p" sohibi bo'lgan.

Murabbiylik faoliyati davomida Luis uch marta "Inter"ni boshqargan, shuningdek, "Sampdoriya", SPAL, "Komo", "Deportivo", Ispaniya U21 terma jamoasi, Ispanii terma jamoasi va "Albasete" kabi klublarni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As