"Oltin to'p-2025". Kim qancha ovoz to'pladi?

Mirjalol Normatov
26 sen 2025
"Oltin to'p" mukofoti matbuot xizmati bu yilgi sovrin uchun nominantlar qancha ovoz to'plaganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Usmon Dembele bu borada Lamin Yamalni 321 ballga ortda qoldirgan.

Dastlabki top-10 shunday ko'rinish olgan:

1. Usmon Dembele (PSJ) – 1380 ball

2. Lamin Yamal ("Barselona") – 1059

3. Vitinya (PSJ) – 703

4. Muhammad Saloh ("Liverpul") – 657

5. Rafinya ("Barselona") – 620

6. Ashraf Hakimi (PSJ) – 484

7. Kilian Mbappe ("Real") – 378

8. Koul Palmer ("Chelsi") – 211

9. Janluiji Donnarumma (PSJ / "Manchester Siti") – 172

10. Nunu Mendesh (PSJ) – 171.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston nomidan saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaev ovoz bergan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/ballondor