Marosim tafsilotlari bilan mana shu sahifada tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.
Sahifa tagida marosim oldi fotolar berib borilmoqda.
Diqqat 2013 yilgi ramziy terma jamoasi e'lon qilindi:
Manuel Noyer, Filip Lam, Serxio Ramos, Tiago Silva, Daniel Alves, Xavi, Frank Riberi, Andres Inesta, Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibragimovich, Lionel Messi.
FIFA prezidenti Zepp Blatter nutq so'zlamoqda. 2013 yilgi FIFA prezidenti sovrini sobiq Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Jak Rogega topshirildi.
Sahnaga braziliyalik fotomodel Adriana Lima, FIFA bosh kotibi Jerom Valke, JCH-2014 tashkiliy qo'mitasi vakili Ronaldo, Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar taklif etildi. Boshlovchilar ularga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
2013 yil ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiyi deb Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Silviya Nayt topildi. Unga Rafl Kellerman va Piya Sundxagi raqobatchilik qilgandi.
2013 yilning eng yaxshi murabbiy deb kutilganidek "Bavariya" sobiq ustozi Yupp Xaynkes tan olindi. Unga Aleks Fergyuson va Yurgen Klopp raqiblik qilishgandi.
Pele, Amrildo va Kafu sahnaga taklif etilishdi. Ularning barchasi Braziliya safida turli yillarda Jahon chempioni bo'lishgan.
FIFA 2013 yilgi "Fair Play" sovrini Afg'oniston Futbol Federatsiyasiga topshirildi. Ushbu davlat Futbol Federatsiyasi prezidenti Keramuddin Karim sovrinni qabul qilib qoldi. Eslatib o'tamiz, 2012 yil bu sovrinni O'FF qo'lga kiritgandi.
Navbat "Ferenc Pushkash" nomidagi yilning eng chiroyli goliga yetib keldi. Uni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va Braziliya terma jamoasi posboni Julio Sezar Shvetsiya terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovichga topshirishdi.
FIFA prezidenti hamda "France Football" bosh muharriri Pelega "Oltin to'p"ni topshirdi. Bu sovrin unga futbol oldidagi xizmatlari uchun berildi.
Ayollar o'rtasida germaniyalik Nadin Angerer 2013 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Unga sovrinni Zepp Blatter va Mia Xamm topshirdi. Angererga Marta va Abbi Vambax raqobatchilik qilishdi.
2013 yilgi "Oltin to'p" Krishtianu Ronalduga topshirildi! Futbolchi hayajondan quvonch ko'z yoshlarini yashira olmadi.
Shu bilan marosim yakunlandi. Siz bilan ikki soat davomida Narzulla Saydullaev birga bo'ldi.