Olmo "Leyptsig"ga o'tgunga qadar 4 bor "Bavariya" taklifini rad etgan

Alisher
27 yanv 2020, 16:48
"Bavariya" yarim himoyachi Dani Olmo bilan shartnoma imzolamoqchi edi.

Xabarlarga qaraganda, futbolchi so'nggi vaqtlarda to'rt bora myunxenliklar taklifini rad etgan.

"Bavariya" hatto qiziqishini bildirish maqsadida o'yinchining agenti bilan bog'langan. Ammo, ispaniyalik futbolchi "Bavariya"ni ham, "Milan"ni ham taklifini qabul qilmagan.

Olmo joriy mavsum "Dinamo" tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 7ta assist qayd etgan. 21 yoshli Olmo "Leyptsig" bilan 4 yillik shartnomaga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sportske