"Olmaliq": Yangi mavsumga tayyorgarlik 15 dekabrdan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2016, 10:53
"Olmaliq"ning navbatdagi mavsumga tayyorgarlik sanasi aniq bo'ldi.

15 dekabrdan jamoamiz ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini Toshkentda boshlaydi. "Olmaliq" a'zolari poytaxtdagi "Rohat" mehmonxonasida istiqomat qiladi. Mashg'ulotlar "Bunyodkor" futbol akademiyasi maydonida va O'zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi qoshidagi sportzalida tashkillashtiriladi. Dastlabki yig'in dekabr oyi oxirigacha davom etishi kutilmoqda. Tayyorgarlik jarayonida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish ham rejaga kiritilgan.

Tarkibdagi o'zgarishlar borasida ilk yig'in boshlanganda aniqlik kiritiladi. Navbatdagi mavsumda jamoaning nafaqat futbolchilar tarkibi balki murabbiylar shtabi ham o'zgarishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz