"Olmaliq": Tojiev, Ahmedov, Martinyuk, Jo'raev va Pavlenko jamoadan ketishdi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2016, 09:38
Avval xabar berib o'tganimizdek, jamoa tarkibida o'zgarishlar amalga osha boshladi.
"Olmaliq" safida birinchi davrada hujumchi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan Farhod Tojiev va Ro'zimboy Ahmedov bilan shartnoma bekor qilindi. Har ikki futbolchi erkin agentga aylandi deyish mumkin.

Shuningdek, jamoa safini ukrainalik legioner Yaroslav Martinyuk, Dilshod Jo'raev va Nikita Pavlenko ham tark etdi.

Ketgan futbolchilar o'rnini to'ldirish borasida boshqa futbolchilar bilan muzokaralar davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia