“Olmaliq ” – “Qo'qon-1912” prevyu

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2017, 07:35
Birinchi davraning so'nggi uchrashuvini vakillarimiz xuddi o'tgan yildagi kabi Olmaliqda “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

 Ushbu o'yin 25 iyun kuni bo'lib o'tadi. Ananamizga sodiq qolgan holda mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlariga doir statistik ma'lumotlarni taqdim etamiz.

O'zaro o'yinlar

“Olmaliq ” va “Qo'qon-1912” klublari shu kunga qadar oliy ligada to'rtta marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning bittasida futbolchilarimiz g'alaba qozonishgan. Uchta uchrashuvda olmaliqliklar qo'li baland kelgan.

To'plar nisbati 7-5 “Olmaliq” foydasiga.

Hakamlar

O'zbekiston professional futbol ligasi 15-turda ishlaydigan hakamlarni e'lon qildi. Unga ko'ra, birinchi davradagi so'nggi uchrashuvimizni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Aziz Asimov ushbu mavsumda bir marta jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvda ishlagan. Ushbu referi 2-tur doirasidagi “Obod” – “Qo'qon-1912” o'yinini boshqargan.

Oliy liga
15-tur
Olmaliq (Olmaliq) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
Hakamlar
: A. Asimov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.
 
Boshlanish vaqtlari

Yakshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yin soat 19:00da boshlandi. Bugun esa bu ikki jamoa o'rinbosarlari bahsi o'tkaziladi. Ushbu uchrashuv ham soat 17:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz