Oliy liga. 4-turdagi eng ko'p muxlis qaysi stadionga keldi?

Narzulla Saydullayev
2 apr 2017, 09:00
Kuni kecha oliy ligada 4-turdan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

Bu tur 8ta o'yinni ko'rish uchun 37899 nafar tomoshabin keldi. O'rtacha har bir o'yinga 4737 nafar muxlis to'g'ri keladi.

Eng ko'p muxlis Samarqandda "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuviga keldi - 13105. Bu o'yinga kira olmay stadion tashqarisida ham qolib ketgani haqida ma'lumotlar bor.

Navoiydagi "Qizilqum" - "Buxoro" bahsiga ham 10 mingdan ziyod tomoshabin keldi.

Eng kam tomoshabin esa Toshkentdagi "Obod" - "Bunyodkor" uchrashuviga tashrif buyurdi - 721.

 



4-tur. 30 mart (payshanba)
Obod (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent)– 1:1.

721 tomoshabin.

Nasaf (Qarshi) – So'g'diyona (Jizzax)– 4:0.
4122 tomoshabin.

Mashal (Muborak) – Paxtakor (Toshkent)– 3:0.
3447 tomoshabin.

Metallurg (Bekobod) – Sho'rtan (G'uzor)– 4:2.
936 tomoshabin.

Lokomotiv (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq) – 5:0.
1252 tomoshabin.

Dinamo (Samarqand) – Navbahor (Namangan) – 0:1.
13105 tomoshabin.

Neftchi (Farg'ona) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) – 1:2.
4263 tomoshabin.

Qizilqum (Navoiy) – Buxoro (Buxoro) – 0:1.
10103 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia