Oliy liga-2016. "Nasaf" - "Feyr pley" sohibi?

Narzulla Saydullayev
6 dek 2016, 08:11
2016 yilgi oliy ligada eng tartibli jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra mavsum davomida 41ta sariq va 1ta qizil kartochka olgan Qarshining "Nasaf" klubi boshqalarga o'rnak bo'ldi. "Bunyodkor" va "Mashal" jamoalari ham bittadan qizil olishgan, faqat bu jamoalar hisobida ogohlantirishlar soni ko'proq (mos ravishda 57 va 61tadan).

Sariq kartochkalar soni bo'yicha keyingi o'rinlarni "Lokomotiv" (46) va "Sho'rtan" (47) klublari egallashdi.

"Feyr Pley" sovrinini 2015 yilgi mavsumda "Sho'rtan", 2014 va 2012 yillarda "Olmaliq",  2013 yilda "Lokomotiv" klublari qo'lga kiritishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia