"Olimpik" sardori: "Qizil kartochkadan keyin to'qnashuvlar ko'payib ketdi"

23 iyun 2022, 01:00
AGMK Superliganing 12-turida poytaxtning "Olimpik" jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:0).

Uchrashuvdan keyin "olimpiyachilar" sardori Behzod Shamsievning fikrlari bilan qiziqdik:

"AGMK har qanday holatda medallar uchun kurashadigan, tajribali futbolchilar yig'ilgan kuchli jamoa. Qiyin bo'lishini bilardik. G'alaba qozonish uchun xarakter ko'rsatishimiz kerak edi. O'yin uchun barcha yigitlarga rahmat".

- Uchrashuv shunday asabiy ruhda o'tishini ham kutganmidingiz?

- Hech kim yutqazishni istamaydi. Biz nisbatan yosh jamoa bo'lganimiz uchun boshqa klublar 2 karra ko'proq yutqazmaslikka urunishadi. To'g'risi, asablar bunchalik charchashini kutmagandik. Qizil kartochkadan keyin o'yinda to'qnashuvlar ko'payib ketdi va bu qizg'inlikni oshirib yubordi. 

- Biz bilgan Behzod Shamsiev juda kuchli futbolchi. Ammo o'tgan yil oxiridagi jarohatlar tufayli faoliyatida pasayish yuzaga keldi. Hozir jismoniy holatingizda muammo yo'qmi? 

- Shukr, tuzalib qoldim. Hozircha sport formam to'liq tiklangani yo'q. Endi sekin-sekin yuqoriroq darajaga chiqishga harakat qilaman. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia