Olimpiada ishtirokchisi OKMKga qaytdi

Khoja
1 yanv 2025, 10:40
OKMK Parijda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan futbolchini ortga qaytardi.

2024 yilgi mavsumni Olimpik klubida boshlagan va davralar oralig'ida Bunyodkor futbol klubiga ijaraga berilgan markaziy himoyachi Asadbek Rahimjonov yana konchilar tarkibiga kelib qo'shildi.

Ma'lumot uchun, Asadbek 2024 yilgi Parij Olimpiadasida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining sharafini himoya qilgan.

Himoyachi o'tgan mavsum Superligada 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia