"Olim Ahmedov Kubogi"da finalchilar ma'lum

Xayrulla Xoliqov
17 dek 2020
Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumanida bo'lib o'tayotgan musobaqaning guruh bosqichi o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston MTJ sardori Odil Ahmedov padari buzrukvori Olim aka Ahmedov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan "Olim Ahmedov Kubogi"da bugun pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tdi. 

"B" bosqich. 1/2 final. 17 dekabr

Namangan TJ - Samarqand FA 1:2

"Ahmad" - "Bunyodkor" 0:1


"A" bosqich. 1/2 final. 17 dekabr

"Odil Ahmedov FA" - "Farovon" 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)

"Lokomotiv" - ROZSK OA 3:1


Bugungi o'yinlardan so'ng finalga chiqqan shuningdek, boshqa o'rinlar uchun o'ynaydigan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. Barcha yakuniy uchrashuvlar, shuningdek musobaqaning taqdirlash marosimi ertaga bo'lib o'tadi.

Xotira turnirining hal qiluvchi final bahsida "Odil Ahmedov FA" va "Lokomotiv" o'zaro bahs olib boradi. Uchinchi o'rin uchun bellashuvda esa"Farovon" bilan ROZSK OA o'zaro kuch sinashadi.


7-o'rin uchun. 18 dekabr

10:30. Namangan TJ - "Ahmad" 


5-o'rin uchun. 18 dekabr

9:30. Samarqand FA - "Bunyodkor" 


3-o'rin uchun. 18 dekabr

11:30. "Farovon" - ROZSK OA 


Final. 18 dekabr

12:30. "Odil Ahmedov FA" - "Lokomotiv"


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia