Oliy liga, 2-tur faktlari. Muxlislar tashrifi keskin pasaydi

25 mar 2014, 16:53
Oliy liga 2-tur o'yinlari ham yakunlandi. Ushbu turda katta sensaciyalar kuzatilmadi.

Demak 2-tur qiziqarli faktlari va statistikalari bilan tanishtirib o'tamiz.

Kiritilgan gollar: 18
Ogohlantirishlar soni: 22
Chetlatishlar: yo'q
Eng ko'p tashrif buyurgan ishqibozlar: "Lokomotiv" - "Nasaf" (1:1) 5237 tomoshabin  
Eng kam tashrif buyurgan ishqibozlar:  "Mashal" - "Bunyodkor" (0:2) 1505 tomoshabin
Eng qo'pol o'yin: "Buxoro" - "Navbahor" (0:2) 8 ta ogohlantirish
Eng tartibli o'yin: "Neftchi" - "Paxtakor" (1:2) bitta ogohlantirish
Mehmonlar g'alabasi: 3
Mezbonlar g'alabasi: 3
Durang: 1
Tomoshabop o'yin: "Olmaliq" - "So'g'diyona" (4:2)
Tur sensaciyasi: "Buxoro" - "Navbahor" (0:2)
2-turga tashrif buyurgan muxlislar jami: 27814 tomoshabin.
O'rtacha muxlislar tashrifi: 3974 tomoshabin

Ko'rinib turibdiki, ikkinchi turda tomoshabinlar tashrifi keskin pasayib ketdi. Oliy liga birinchi tur o'yinlariga 58 mingga yaqin muxlislar stadionlarimizga tashrif buyurishgan edi.  


Shahboz Beg'amov


Manba: championat.asia