

Saralash musobaqalarida Isroil, Shvetsiya va Vengriya terma jamoasi a'zolarini mag'lub etgan Elmurat yarim finalda koreyalik Syongxak Kimga imkoniyatni boy berdi. Shundan so'ng hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda bolgariyalik Serafim Angelovni 8:0 hisobida engdi. Qoidaga ko'ra, finalchilar to'g'ridan-to'g'ri Olimpiada o'yinlari yo'llanmasiga ega bo'lishsa, bronza medali sohiblari “Rio-2016” licenziyalari uchun o'zaro bahs yuritishlari talab etilardi. E'tiborlisi, Olimpiada o'yinlarining yo'llanmasi uchun kechgan bellashuvda ham Elmurat gruziyalik raqibi Revaz Lashxiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 4-0 hisobida zafar quchib, “Rio-2016” o'yinlarining yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
3 kun davom etadigan turnir davomida qaysi sportchilarimiz Rio yo'llanmalari uchun kurash olib borishlarini bilishni istasangiz olamsport.com saytiga tashrif buyuring!



