

E'tiborlisi, Rio-2016 o'yinlari Ekaterina Xilkoning faoliyatidagi beshinchi Olimpiada bo'ladi. Tajribali sportchimiz Olimpiya o'yinlaridagi ilk debyutini 2000 yili Sidney (Avstraliya)da bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida o'tkazgan edi. Shundan buyon Ekaterina ketma-ket Olimpiya o'yinlarida qatnashish baxtiga muyassar bo'lib kelmoqda.
Shu o'rinda takidlash joizki, dunyo trampolinchilari orasida shu kunga qadar to'rt nafar sportchi to'rt marotabadan Olimpiadada qatnashish huquqini qo'lga kiritgan edi. Demak, Ekaterina Xilko bu borada jahonda yakka peshqadamga aylandi.
Ma'lumot uchun, Ekaterina Xilko 2008 yili Pekin (Xitoy)da o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida bronza medaliga sazovor bo'lgan.



