OKMKga qarshi o'yindan bir kun oldin "noma'lum yuqori martabali odamlar" Benzemaning xonasida bo'lgan

Sherzod Nurmatov
28 noya 2023, 13:00
Championat.asia xabariga ko'ra, OKMK – "Al-Ittihod" uchrashuvidan bir kun avval “noma'lum yuqori martabali odamlar" Karim Benzemaning xonasini taqillatib kelgan.

Bu voqea Karimning qaysi xonada yashashi haqidagi ma'lumot "sizib ketganidan" keyin sodir bo'ldi.

Natijada Benzemaning xavfsizlik choralari kuchaytirildi. U bilan birga O'zbekistonga shaxsiy qo'riqchi kelgan, biroq mehmonxonadagi voqeadan keyin unga yana bir necha mahalliy qo'riqchilar qo'shilgan.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, bu Karim "Al Ittihod"ga o'tganidan keyingi birinchi shunday holat.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia