OKMK OCHL guruh bosqichi uchun qaydnomasini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023
Ilk bor yangi formatda o'tkazilayotgan Osiyo Chempionlar Ligasining 2023/24 yilgi mavsumida O'zbekistonning to'rtta jamoasi ishtirok etadi.

Musobaqaga saralash bosqichi orqali qo'shilgan OKMK avvaliga Olmaliqda O'monning "Al Sib" klubini Xurshid G'iyosovning yagona goli evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Keyin pley-off doirasida Qatarda mahalliy "Al Arabi" jamoasi Ruben Sanchesning goli evaziga kichik hisobda dog'da qoldirildi.

Endi guruh bosiqichi doirasida "C" kvartetida OKMKga Saudiya Arabistonining "Al Ittihod”, Eronning "Sepaxon" va Iroqning "Eyr-Fors" jamoalari raqiblik qiladi.

Darvozabonlar - 1.Botirali Ergashev, 12.Dilshodbek Yoqubov, 25.Valijon Rahimov

Himoyachilar - 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.Iskandar Bo'sinov, 29.Vitaliy Denisov, 34.Ulug'bek Sunnatov, 40.Jahongir Fozilov

Yarim himoyachilar - 4.Mirjamol Qosimov, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Sardor Mirzaev, 15.Oybek Rustamov, 17.Sanjar Tursunov, 19.Muhammadanas Hasanov, 22.Shohruh Gadoev, 24.Murat Ermatov, 33.Asadbek Ahmadjonov, 38.Sirojiddin Bashriddinov, 39.Aslbek Umirzoqov, 88.Siyavash Xaqnazariy

Hujumchilar - 9.Ruben Sanches, 14.Mirjahon Mirahmadov, 27.Martin Boake

"OKMK futbol klubi tarkibda guruh bosiqichi uchrashuvlari uchun o'zgartirishlar kiritdi. Saralash uchrashuvlariga jamoamiz ro'yxatida bo'lgan va keyinchalik boshqa jamoalarga yo'l olishgan Nodirbek Abdurazzoqov va Abdulla Abdullaev ro'yxatdan chiqarilgan bo'lsa, yaqindagina jamoamiz safiga erkin agent maqomida kelgan Baxtiyor Qosimov guruh bosqichi doirasida jamoamiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Shuningdek, yoshlar tarkibidan Aslbek Umirzoqov va Sirojiddin Bashriddinov Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritildi", – deyiladi klub xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати