OKMK futbolchisi Belarus klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023, 12:31
O'zbekistonlik yana bir o'yinchi legioner maqomiga erishdi.

OKMK U-21 a'zosi, hujumchi Sanjar Jumaboev Belarusning "Isloch" jamoasi safiga qo'shildi.

Toshkent viloyati Angren shahrida tavallud topgan futbolchi Belarus klubi bilan 1 yillik shartnoma tuzdi.

Jumaboev joriy mavsum U-21 Birinchiligida 23 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urgan edi.

Ma'lumot o'rnida, Sanjar Jumaboev "Isloch"da to'p tepadigan ilk o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcisloch.by