Okeaniyada JCH-2018 saralashining uchinchi bosqichiga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2016, 13:14
Okeaniyada 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga qur'a tashlandi, deb xabar bermoqda Okenaniya futbol konfederatsiyasi.

6 jamoa ikki guruhga bo'lindi va ular 4 tadan o'yin o'tkazishadi. Guruh g'oliblari ikki uchrashuvlik finalda ishtirok etishadi. Bu juftlik g'olibi OFK, KONKAKAF va KONMEBOL jamoalari ishtirok etadigan saralash turnirida qatnashadi.

"A" guruhi - Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya, Fiji.

"B" guruhi - Papua-Yangi Gvineya, Solomon orollari, Taiti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia