
-Birinchidan, bosh murabbiyimiz Igor Shkvirin nomidan uzr so'rayman. Bugungi anjumanga ishtirok eta olmaganining sababi, 15 daqiqadan so'ng poezdda yo'lga chiqishi kerak.
O'yin haqida nimalar deyish mumkin? Bugun hisob yirik bo'lishiga qaramay, o'yin ancha shiddatli kechdi. “Buxoro” bilan bo'lgan ushubu o'yinda bizga oson bo'lgani yo'q. O'yindan oldin buxoroliklarda yo'qotadigan xech narsasi qolmaganligi va shu sababdan ularning borini berib o'ynashini bilar edik. Shu sababli ushbu o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rdik.
-Bugungi g'alaba nima evaziga qo'lga kiritildi?
-Faqat taktikamiz evaziga g'alaba qozondik.