OFKdan 2018 yil yakunlari (iyul - dekabr)

Xayrulla Xoliqov
1 yanv 2019, 16:28
OFKdan yil yakunlarining ikkinchi qismini e'tiboringizga havola etamiz.

Birinchi qismda yakuniga etgan yilning yanvar - iyun oylarida ro'y bergan muhim voqealarga to'xtalgandik. Quyida iyul - dekabr orasida Osiyo futbolida muhim iz qoldirgan voqealarni keltirib o'tamiz.

Iyul
- Jahon chempionatida ishtirok etgan Yaponiya terma jamoasi guruhdan chiqishni uddaladi. Yaponlar musobaqaning 1/8 finalida Belgiyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.


Avgust
- Eronning "Mes Sungun" futzal klubi klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
- Fransiyada o'tkazilgan ayollar futboli bo'yicha U-20 jahon chempionatida Yaponiya chempion bo'ldi.
- Yaponiya ayollar terma jamoasi Osiyo o'yinlarida chempionlikni nishonladi.


Sentyabr
- Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlarida zafar quchdi. Musobaqa finalida Yaponiya 2:1 hisobida mag'lub etildi.
- Malayziyada o'tkazilgan U-16 Osiyo chempionatida Yaponiya g'oliblikni qo'lga kiritdi.


Oktyabr
- FIFA prezidenti Janni Infantino Malayziyaga tashrif buyurib OFK yangi binosi bilan tanishdi.
- U-19 Osiyo chempionatida Saudiya Arabistoni chempionlikni nishonladi. Finalda Janubiy Koreya 2:1 hisobida mag'lub etildi.
- Iroqning "Eyr Fors" klubi OFK Kubogini qo'lga kiritdi. Bu jamoa finalda Turkmanistonning "Oltin Asr" klubidan ustun keldi.


Noyabr
- Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi o'z tarixida birinchi marta Osiyo chempionlar ligasida zafar quchdi. Finalda "Persepolis" mag'lub etildi.
- Ummon poytaxti Muskatda OFK "Yilning eng yaxshilarini taqdirlash" marosimini o'tkazdi.


Dekabr
- Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan "Al Ayn" o'zidan ijobiy taassurot qoldirdi. Bu jamoa tarixda birinchi marta finalda o'ynashga muvaffaq bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com