OFK rasmiy sayti: "Bunyodkor" - "Al Zavra" uchrashuvi 22 yanvarda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2020, 13:02
Xabaringiz bor, OCHL-2020 saralashi doirasida O'zbekistonning "Bunyodkor" klubi Iroqning "Al Zavra" klubi bilan o'ynaydi.

Oldinroq "Bunyodkor" uchrashuvni bir kun keyinga qoldirishni so'rab Iroq klubiga xat yo'llagan va ijobiy javob olgan edi. Faqat OFKning roziligini olish qolgandi xolos.

21 yanvarda Toshkentda OCHL saralashi doirasidagi "Lokomotiv" - "Istiqlol" (Tojikiston) o'yini bo'lib o'tadi. Muxlislarga qulaylik tug'dirish maqsadida "qaldirg'ochlar" "Al Zavra" bilan ertasi kuni o'yin o'tkazishni rejalashtirishgan edi.

OFK rasmiy sayti the-afc.com'da "Bunyodkor" - "Al Zavra" bahsi 22 yanvar kuni "Jar" stadionida bo'lib o'tishi yozilgan. Uchrashuv soat 14:00ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia