

Tashrif mobaynida tajribali mutaxassis “Lokomotiv” stadionida muxlislar uchun yaratilgan qulayliklar hamda “Lokomotiv” futbol klubining marketing bo'limi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Marketing boshqarmasi boshlig'i Baxtiyor Mametov hamroxligida kelgan Elnur Mammadov “Lokomotiv” klubining marketing borasida olib borayotgan ishlariga yuqori baho berdi. Shuningdek, stadionga muxlislar tashrifini oshirish hamda klubga yanada ko'proq hamkorlarni jalb etish borasida o'z maslahatlari bilan o'rtoqlashdi.






