OFK Eldor Shomurodovni etirof etdi

Xayrulla Xoliqov
6 iyul 2022, 12:17
OFK rasmiy sayti bu mavsum Yevropada o'zini ko'rsatgan osiyolik futbolchilar haqida maqola chop etdi.

Ushbu maqolada 6 nafar futbolchiga alohida e'tibor qaratildi va ular orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor. Sayt Shomurodov haqida shunday yozgan: 

"Yevropada beshinchi mavsumini o'tkazgan Eldor Shomurodov yil bo'yi muxlislar diqqat markazida bo'ldi. 2020 yil Italiyaga ko'chib o'tgan mohir hujumchi A seriyada harakat qilgan Ilyos Zeytullaevdan so'ng ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi bo'ldi".

"Uning "Jenoa"dagi o'yinlari "Roma" ustozi Joze Mourinyoni o'ziga tortdi va Eldor Rimga yo'l oldi. 27 yoshli futbolchi garchi "Roma" safida kam maydonga tushgan bo'lsa-da, har holda mavsum mobaynida 39ta uchrashuv o'tkazib, 5ta gol urdi va 6ta golga hammualliflik qildi. U UEFA musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritgan dastlabki o'zbek futbolchisi bo'ldi". 

Mazkur ro'yxatdan shuningdek, Daichi Kamada (Yaponiya - "Ayntraxt" (Germaniya), Son Xyong Min (Janubiy Koreya - "Tottenxem" (Angliya), Mehdi Taremi (Eron - "Portu" (Portugaliya), Aydin Xrustich (Avstraliya - "Ayntraxt" (Germaniya) va Kyogo Furuxashi (Yaponiya - "Seltik" (Shotlandiya) kabi futbolchilar ham joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com