O'zbekiston terma jamoalari Markazi "Lokomotiv" futbol klubi hujumchisi Aleksandr Shadrinning bevaqt vafot etgani munosabati bilan marhumning oila a'zolariga chuqur taziya bildiradi.
Aleksandr Shadrin kecha tongda bu yorug' olamni tark etdi. U shu yilning 9 aprel sanasida 26 yoshni qarshi olgandi. Futbol ahli Shadrinni oliy ligamizning eng mahoratli futbolchilaridan biri sifatida doim eslab yuradi.