O'FA rahbariyati JCH oldidan O'zbekiston U-20 terma jamoasi a'zolari bilan uchrashdi

Omonjon To`xtamirzayev
8 may 2023, 14:36
Argentina maydonlarida bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining start olishiga sanoqli kunlar qoldi.

Osiyo chempioni sifatida mundialga yo'lga olgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi guruh bosqichida Argentina, Gvatemala va Yangi Zelandiya vakillariga qarshi bahs olib boradi.O'FA rahbariyati musobaqa oldidan O'zbekiston U-20 terma jamoasi a'zolari bilan uchrashdi. Jahon chempionatida Vatan sharafini himoya qilish har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam bo'lib, futbolimiz darajasini xalqaro maydonda munosib namoyon etish kerakligi takidlandi. Faxriylarimiz har bir futbolchi professionallik, intilish va mehnatsevarlikni o'zida mujassam qilgan holda maydonga tushishlari kerakligini aytdilar.

O'z o'rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. Shundan keyin rahbariyat murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtabga musobaqa davomida futbolchilarning sog'lig'i, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoniga jiddiy e'tibor berish, yuqori darajada tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirishga ko'rsatma berdi.

Uchrashuv yakunida O'FA rahbariyati mas'uliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.


 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia