Odriosola o'z jamoadoshiga jarohat etkazib qo'ydi

5 fev 2020, 00:15
Bu haqida “Bild” nashri xabar qilmoqda.

“Bavariya“ yarim himoyachisi Ivan Perishich jarohatga yo'liqdi. U mashg'ulotlar jarayonida “Real“dan ijaraga olingan Alvaro Odriosola bilan to'qnashuvda shikastlangan. Ispaniyalik himoyachi to'pni olib qo'yish maqsadida xorvatiyalik futbolchining oyog'iga tashlangan va harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Natijada Perishichning to'pig'iga jarohat etgan, u yaqin bir oyni o'tkazib yuboradi.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli Perishich Bundesliganing joriy mavsumida 4tadan gol va samarali uzatmaga mualliflik qildi (15 o'yinda).

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild