Odil Ahmedov Terri Anri bilan uchrashdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
23 noya 2017, 15:43
Fransiya terma jamoasi, "Barselona", "Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri "Shanxay SIPG" mashg'ulotiga tashrif buyurdi.

Bu haqda u "Tvitter"dagi sahifasi orqali e'lon qildi.

20 noyabrdan beri maxsus tashrif bilan Xitoyda bo'lib turgan Terri Anri avvaliga mamlakat televideniyasiga intervyu berdi. Keyinroq u "Beyding Goan" raisi bilan uchrashdi.

Bugun "Arsenal" afsonasi hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepadigan "Shanxay SIPG" mashg'ulotiga tashrif burdi va u yerda futbolchilar bilan suratga tushib, jamoa bosh murabbiyi Andre-Villash Boash bilan suhbatlashdi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia