
Natija adolatli bo'ldi. Biz kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. "Everton"dek jamoa bilan Yevropa ligasida durang o'ynash ham yomon emas. Uchrashuvda yana gollar urib g'alabani qo'lga kiritish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Ammo bundan samarali tarzda foydalana olmadik. O'yin jihatidan raqibga nisbatan yaxshiroq harakat qildik deb o'ylayman.