Odil Ahmedov Namangandagi "Odil Junior" maktablari tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2017, 16:00
Rauf Inileev sport direktorligi ostida faoliyat olib borayotgan "Odil Junior" jamoasining Namangandagi tarbiyalanuvchilari kecha o'z kumirlari bilan ko'rishdilar.

Klubidagi murabbiyni o'zgarishi natijasida, rejalari o'zgarib ortga tezroq qaytishi ma'lum bo'lgan bo'lsada, Odil Ahmedov o'zi boshlagan ishni kuzatib borish maqsadida Namangan va To'raqo'rg'ondagi futbol maktabiga tashrif buyurdi. Avvaliga u 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar bilan ko'rishdi. Keyin esa 2005-2010 yillarni jamlagan To'raqo'rg'ondagi maktabda bo'lib, bolajonlar bilan suhbatlashdi.


Yaqinda Italiyaning "Karpi" jamoasi bilan shartnoma imzolagan klubning 2018 yilgi rejasi ulkan. Avvalo 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar ilk safarlariga tayyorgarlik ko'radilar. Qolgan yosh toifa vakillari ham imkon qadar sifatli turnirlarda ishtrok etadilar.

2018 yildan boshlab poytaxtdagi futbol klubida faoliyat olib borayotgan murabbiylar Namanganda ham mashg'ulot o'tkazadilar. Ahmedov Xitoyga ketishidan avval poytaxtdagi "Odil Junior" tarbiyalanuvchilari bilan ham uchrashadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia