
O'yinni asosiy tarkibda boshlagan O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov uchrashuvda gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Chongyaing Lifan"ga qarshi Xitoy chempionatining 22-tur bahsida o'z hisobiga gol yozdirgan hamyurtimiz bu safar ham murabbiy Andre Villash-Boashning joniga oro kirdi.
Avvaliga hisobni "Guanjou Evergrand" futbolchisi Liu Czyan ochdi. 20 daqiqada u boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi.

Bahsning 55-daqiqasida Odil Ahmedov o'zi boshlagan hujumni o'zi yakunladi. O'yinni so'nggi daqiqalarida "Shanxay SIPG" o'yinchisi Xe Guan "Guanjou Evergrand" darvozasini nishonga olib, yarim finalning ilk uchrashuvida shanxayliklarga g'alaba keltirdi.


"Shanxay SIPG" - "Guanjou Evergrand" 2:1
Gollar: Odil Ahmedov 55, Xe Guan 90+1 - Liu Czyan 20.