Odil Ahmedov: "Ertaga g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz"

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2019, 17:47
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Ummonga qarshi bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Birinchi o'yin tufayli hayajon bormi?

- Hayajon bo'lishi tabiiy. Ertangi bahs qiyin bo'lishini taxmin qilyapmiz, lekin ertaga g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

- Siz terma jamoa sardorisiz. Bosim his qilyapsizmi?

- Ha, har bir jamoa sardorida bosim bo'lishi aniq. Uchrashuvda ko'p narsa qo'lida bog'ichi bor futbolchiga bog'liq bo'ladi.

- O'zbekiston terma jamoasi Osiyo JCH-2018 saralashining so'nggi bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Mundialga chiqishni juda ham xohlagan edik. Ammo futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bugun g'olib bo'lsak, ertaga mag'lubiyatga uchrashimiz mumkin. Saralash bosqichining so'nggi o'yinlarida bizni nimadir yetishmadi.

- Turnir BAAda o'tmoqda. Bu yerda o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Hozir BAAda to'p tepish uchun ideal payt. Chunki bundan avval ushbu mamlakatda yig'inlar o'tkazganmiz. Ertaga bizga hech narsa halaqit qilmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia