OCHL. "Yokogama Marinos" 120-daqiqada Ilgiz Tantashev tomonidan belgilangan penaltini golga aylantirib, chorak finalga yo'l oldi!

Administrator
21 fev 2024, 21:28
O'zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev Yaponiyada OCHL nimchorak final o'yinini boshqarib bordi.

OCHL nimchorak finalidan o'rin olgan "Yokogama Marinos" va "Bangkok Yunayted" jamoalari o'rtasidagi bahsni o'zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib bordi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra tenglik qayd etilgandan so'ng, jamoalar ekstra taymlarga murojaat qilishdi. O'yinning 120-daqiqasida  Ilgiz Tantashev VAR orqali "Bangkok Yunayted" darvozasiga penalti qo'ydi. Anderson Lopes esa penaltini golga aylantirdi va "Yokogama Marinos" OCHL chorak final bosqichiga olib chiqdi.

Osiyo Chempionlar Ligasi. 1/8 final, javob o'yini

"Yokogama Marinos" – "Bangkok Yunayted" 1:0 (birinchi uchrashuv: 2:2)

Gol: Anderson Lopes 120' (penalti)

21 fevral 2024 yil. "Nissan" stadioni. 16:00 (Toshkent vaqti)

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Qanot hakamlari: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Rustam Lutfullin

VAR: Aziz Asimov

AVAR: Abdurashid Xudoyberganov.

"Ventforet Kofu" – "Ulsan Xyonde" 1:2 (birinchi uchrashuv 0:3)

Gollar: Ji Xyun Kim 11' (0:1), Kazushi Mitsuxira - 88' (1:1), Min Kyu Jo 90' (1:2)

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia