OCHL. O'zbekistonlik hakamlar brigadasi 4-tur uchrashuviga tayinlandi

Eldor Akmurzayev
17 apr 2022, 07:45
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o'tayotgan OCHL guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvlarida o'zbekistonlik hakamlar faoliyat olib borishadi. Xususan, 4-tur uchrashuvlaridan o'rin olgan “Al Shabab” (Saudiya Arabistoni) - “Al Quva” (Iroq) jamoalari o'rtasidagi bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlarimiz Timur Gaynulin va Andrey Tsapenkolar yordam beradi. Tojikistonlik Nasrullo Kabirov esa zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19-aprel soat 01:45 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати