

"Yaqin Sharqda ro'y berayotgan voqealar fonida Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo Chempionlar ligasi 2025/26 yilgi mavsumining G'arbiy mintaqadagi elit divizioni 1/8 final o'yinlarini 2026 yilning 2 va 3 mart kunlaridan ko'chirilishini ma'lum qiladi.
Bundan tashqari, 2026 yilning 3 va 4 mart kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo Chempionlar Ligasi 2 va G'arbiy mintaqa jamoalari ishtirokidagi Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o'yinlari ham keyingi ogohlantirishga qadar qoldirilmoqda. OFK klublari o'rtasidagi barcha turnirlarda Sharqiy mintaqa klublari ishtirokidagi o'yinlar dastlabki jadval asosida o'tkaziladi.
OFK tez o'zgaruvchan vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va barcha futbolchilar, jamoalar, rasmiylar va muxlislar xavfsizligini taminlashga qatiy intiladi”, - deyiladi konfederatsiya bayonotida.



