OCHL. Bugun "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2016
Bugun Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan olgan yana 8ta o'yin bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" klubi o'z uyida Eronning "Traktorsozi" bilan o'ynaydi. Raqib dastlabki ikki turdan so'ng 6 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi. Bu uchrashuv soat 17:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. SPORT telekanali bahsni jonli ravishda efirga uzatadi.  

"Lokomotiv" esa Eronda "Sepaxon" mehmoni bo'ladi. Raqib safida o'zbekistonlik Fozil Musaev to'p tepayotganini ko'pchilik biladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi. SPORT telekanali uchrashuvni 20:55dan boshlab yozib olingan holda namoyish etadi. 

Saytimiz orqali har ikkala o'yindan onlayn matnli translyatsiya olib boriladi. 


"A" guruhi

17:30 - "Sepaxon" - "Lokomotiv" 

22:35 - "Al Ittihod" - "Al Nasr" 


"C" guruhi

17:00 - "Paxtakor" - "Traktor Sozi"

21:35 - "Al Jazira" - "Al Hilol" 


"E" guruhi

15:00 - "Chonbuk Xyunday" - "Bin Duong"

15:30 - "Tokio" - "Jiangsu" 


"G" guruhi

13:45 - "Melburn Viktori" - "Suvon Bluingz" 

16:30 - "Shanxay Ist Eysha" - "Gamba Osaka"  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia