OCHL. Bilasizmi? "Al Ahli" safardagi o'yinlarda faqat bir marta g'alaba qozongan

Narzulla Saydullayev
6 apr 2015, 15:14
Ertaga Qarshining "Nasaf" klubi o'z maydonida Dubayning "Al Ahli" klubini qabul qiladi.
BAA klubi Osiyo chempionlar ligasida shu kunga qadar 33ta o'yin o'tkazgan. Shularning 6tasida g'olib chiqqan, 11ta uchrashuvda durang kuzatilgan va 16 marta mag'lub bo'lgan. Jamoa 42ta gol urib 61 marta to'p o'tkazib yuborgan.

Safarda "Al Ahli" 16ta o'yin o'tkazgan. E'tiborlisi faqat bitta safar uchrashuvida jamoa 3 ochkoga ega bo'lgan. 5ta o'yinda durang o'ynagan va 10 marta mag'lub bo'lgan. Safar uchrashuvlaridagi to'plar nisbati - 16:31.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia