OCHL. "Al Hilol"ning qaysi o'yinchilarida koronavirus aniqlangani ma'lummi?

Tolibjon Qosimov
14 sen 2020, 12:27
Bugun OCHL-2020 guruh bosqichi 3-turi doirasida "Al Hilol" va "Paxtakor" jamoalari o'zaro bahs olib borishlaridan xabaringiz bor.

12 sentyabr kuni saudiyaliklarning 5 nafar o'yinchisida Covid-19ga topshirgan test natijalari ijobiy chiqqani haqida xabar bergan edik. Lekin, aynan qaysi futbolchilar ekanligi hech qayerda oshkor qilinmadi.

OCHL. "Paxtakor"ga qarshi o'yin oldidan "Al Hilol"ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi

"Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra "Al Hilol" tarkibida quyidagi o'yinchilarning test natijasi ijobiy chiqqan:

Darvozabon: Muhammad Vakid

Himoyachi: Muhammad Al Burayk

Yarim himoyachilar: Salmon Al Faraj va Hamad Alabdan

Hujumchi: Saloh Shehri.

Yuqoridagi futbolchilardan o'ng qanot himoyachisi Muhammad Al Burayk va markaziy yarim himoyachi (Al Shalhubdan keyingi sardor) Salmon Al Faraj asosiy tarkib o'yinchilari hisoblanishadi.

OCHLning amaldagi chempionlari matbuot xizmati jamoaning o'yindan oldingi mashg'ulotidan rasmlarni chop etdi. Suratlarning hech birida yuqoridagi besh futbolchi aks etmagan.

Eslatib o'tamiz, ushbu ma'lumot rasman tasdiqlanmagan.

Suratda chapda himoyachi Muhammad Al Burayk, o'ngdagi esa perulik Andre Karrilo.


Salmon Al Faraj Doha aeroportida.


Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia