OCHL. "Al Ahli" "Zob Ahan"ni mag'lub etib yakka peshqadam bo'lib oldi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2017, 22:26
Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan "Zob Ahan" - "Al Ahli" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Bunyodkor"ning guruhidan o'rin olgan mazkur bahsda Saudiya Arabistoni klubi 2:1 hisobida zafar quchdi. Ikki o'yinda 6 ochko olgan "Al Ahli" guruhda yakka peshqadam bo'lib oldi.

E'tiborlisi "Al Ahli" birinchi taym oxirida 10 kishi bo'lib qolgandi.

3-turda "Bunyodkor" "Zob Ahan" bilan kuch sinashadi.

OCHL. 2-tur
"Zob Ahan" - "Al Ahli" 1:2
Gollar:
Mehdi Rajabzoda 45 penalti - Abdulfattoh Asiri 29, Omar Al Soma 86
Chetlatish: Mutaz Havsavi 45 ("Al Ahli")


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia