

Olmaliqning AGMK klubi kecha tunda Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetib borgani haqida xabar bergan edik.
FOTO OCHL-2021. Masharipov va "Shabab Al Ahli" Ar-Riyodga yetib keldi
"A" guruhida AGMKga raqiblik qiladigan Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi esa olmaliqliklardan bir kun oldin, yani 11 aprel sanasida qirol Holid nomidagi Ar-Riyod xalqaro aeroportiga yetib kelgan. Dushanbe - Dubay - Ar-Riyod yo'nalishi bo'ylab manzilga yetib borgan qo'shnilarimizni Saudiya Arabistoni futbol Federatsiyasi vakillari kutib olishdi va mehmonxonagacha kuzatib borishdi. Jamoa "VOCO"mehmonxonasiga borganidan so'ng koronavirusga test topshirgan va hech bir vakilda test ijobiy chiqmagan.
"Istiqlol" jami 21 nafar o'yinchini "zayavka"dan o'tkazdi.









Eslatib o'tamiz, Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladigan "A" guruhida "Istiqlol"dan tashqari, "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Shabab Al Ahli" (BAA) va AGMK (O'zbekiston) jamoalari joy olishgan.



