OCHL-2019. "Lokomotiv" raqibi Slaven Bilichni ishdan bo'shatdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2019
Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi bosh murabbiyi Slaven Bilich iste'foga chiqarildi.

Bunga "Al Ittihod"ning qoniqarsiz natijalari sabab bo'ldi. Jidda klubi Saudiya Arabistoni ligasida 21ta turdan so'ng 15 ochko to'plab 16ta jamoa orasida 15-o'rinda bormoqda.

Bilichning o'rniga chililik mutaxassis Xose Luis Serra bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy 2016-2018 yillarda ham "Al Ittihod"ni boshqargan edi.

Ma'lumot uchun, Slaven Bilich 2018 yil 27 sentyabrdan 2019 yil 24 fevralga qadar bu klubni boshqardi.  

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi OCHL-2019 guruh bosqichida "Al Ittihod" bilan kurash olib boradi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia