

O'zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov o'ynayotgan "Shanxay SIPG" klubi Xitoyning boshqa bir klubi "Jiangsu Suning" bilan bellashdi. O'tgan hafta "Shanxay" maydonida o'tgan bahsda 2:1 hisobida mezbonlar zafar quchishgandi. Bugungi bahsda ham Odil Ahmedov jamoasi g'olib bo'ldi - 3:2.
Yana bir o'yinda Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" klubi o'z maydonida Janubiy Koreyaning "Jeju Yunayted" klubini 3:0 hisobida taslim qilib ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alabaga erishdi - 3:2.
"Jiangsu Suning" - "Shanxay SIPG" 2:3
Gollar: Xon Chon Xo 75, Vu Shi 90 - Elkeson 34, Yang Ksiaotian 43 avtogol, Xalk 90+4
"Urava Red Daymonds" - "Jeju Yunayted" 2:2
Gollar: Koroki 18, Tadanari Li 33, Morivaki 114




