OCHL-2017. Birinchi finalchi - "Al Hilol"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2017
Kecha Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida birinchi javob bahsi bo'lib o'tdi.

Unda Eronning "Persepolis" va Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klublari to'qnash kelishdi. Dastlabki uchrashuvda "Al Hilol" 4:0 hisobida zafar quchgan edi. Kechagi bahsda esa 2:2 hisobi qayd etildi va Saudiya Arabistoni klubi finalga yo'l oldi.

Ikkinchi finalchi "Urava Red Daymnods" (Yaponiya) va "Shanxay SIPG" (Xitoy) uchrashuvidan keyin ma'lum bo'ladi. Xitoyda o'tgan ilk o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

"Persepolis" (Eron) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

Gollar: Godvin Mensxa 16, 62 - Omar Xarbin 30, 76



TAS-IX Emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia